Andijonda 10 yoshli o‘quvchida IELTS 7.0
2024-10-04 00:00:00 / Yangiliklar
Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Muhammadsaid Tursunov ingliz tili fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Muhammadsaid 2014 yil Andijon shahrida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. 2021 yilda o‘rta maktabga qabul qilingan. Matematika va axborot texnologiyalari faniga qiziqadi. Suzish, akrobatika va muay-tay sport turlari bilan shug‘ullanadi.
2023 yil fevraldan boshlab, “iTeacher academy” o‘quv markazida ingliz tilidan qo‘shimcha tahsil olib keladi. Kelgusida taʼlim sohasini rivojlantirishda xizmat qilishni va maxsus yangi platforma yaratishni maqsad qilgan.
Maʼlumot uchun, IELTS 7.0 sertifikati dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida o‘qish uchun va O‘zbekistondagi ingliz tili magistraturalariga kirish uchun belgilangan natija sanaladi.
