“Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-10-14 12:40:00 / Yangiliklar

Yosh avlodni vatanparvarlik, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida harbiy qorovul tomonidan saf tayyorgarligi va harbiy mahoratni namoyish etuvchi chiqishlar tashkil etildi. Harbiy xizmatchilarning aniq harakatlari, yuksak intizomi va kasbiy mahoratini namoyon etgan mazkur chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yoshlarni Vatan himoyasiga daxldorlik hissi, mardlik, qat’iyat, intizom va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
“Jasorat maktabi” faoliyati yosh avlodning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.









