Jalaquduq tumanida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
2026-10-14 12:20:00 / Yangiliklar

Jalaquduq tumani “Ahcha” mahalla fuqarolar yig‘inida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash va mavjud elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida bugungi kunga qadar 107 ta temir-beton tayanch hamda 2 ta transformator punkti o‘rnatildi.
Shuningdek, jami 4 kilometr elektr tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda uning 3,4 kilometrida elektr tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha hudud aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.






