Asaka tumanida yangi markaziy qozonxona barpo etilmoqda
2026-10-07 10:20:00 / Yangiliklar

Asaka tumanida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qadriyat mahallasida yangi markaziy qozonxona qurilishi jadal davom etmoqda. Zamonaviy talablar asosida barpo etilayotgan mazkur inshoot 19,5 MVt quvvatga ega bo‘lib, foydalanishga topshirilgach, hududdagi 40 ta ko‘p qavatli uy-joy va 8 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik bilan ta’minlaydi.
Ayni paytda obyektda qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Yangi qozonxonaning ishga tushirilishi hududda issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish, mavsum davomida aholi uchun qulay sharoit yaratish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha Qadriyat mahallasida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini ishonchli issiqlik manbai bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




