ANDIJON OPEN xalqaro turniri yakuniga yetdi!
2026-10-03 21:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, viloyatimizda bo‘lib o‘tgan “Andijon OPEN” xalqaro turniri bugun o‘z yakuniga yetdi.
Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy kechgan turnir yakunida:
🥇 Andijon jamoasi — 1-o‘rin
🥈 Belarus Respublikasi vakillari — 2-o‘rin
🥉 Qirg‘iz Respublikasi vakillari — 3-o‘rin
Taqdirlash marosimidan so‘ng Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan Vitebsk jamoasi rasmiylari va futbolchilari Andijon shahridagi 24/7 maskaniga tashrif buyurib, yuqori kayfiyatda ekskursiya qildilar.
Shundan so‘ng “Bravo” restoranida turnir ishtirokchilari, mehmonlar va mezbon jamoalar ishtirokida bayramona dasturxon yozildi.
Tadbir davomida Belarus Respublikasi vakillariga Andijon viloyati hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.





