Andijonda badiiy gimnastika bo‘yicha “GOLDEN AUTUMN” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi
2026-10-04 13:25:00 / Yangiliklar

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida 2006–2021-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha “GOLDEN AUTUMN” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada yosh gimnastikachilar turli dasturlar bo‘yicha o‘zaro bahslashib, sport mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilarning texnik tayyorgarligi, ijro mahorati va nafis chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, sportchilarning yuqori natijalariga munosib hissa qo‘shgan murabbiylar ham taqdirlash marosimida e’tirof etildi.




