Diqqat! 26-sentabr fuqarolar qabuli hududlarda o‘tkaziladi
2026-09-25 08:15:00 / Yangiliklar

Har haftaning shanba kuni Andijon viloyati hokimligi tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinmoqda.
Ertaga, 26-sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan qabul jarayoni aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida va masalalarni joyning o‘zida o‘rganishni ko‘zda tutib, Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlari hokimliklarida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur qabul jarayonlari viloyat hokimi o‘rinbosarlari, vakillari hamda tuman va shahar hokimlari ishtirokida o‘tkaziladi.
Shuningdek, viloyat rahbariga murojaatini bildirish istagida bo‘lgan fuqarolar ertangi joylarda o‘tkaziladigan qabullar orqali o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
