«BYUROKRATIYASIZ O‘ZBEKISTON» — TAKLIFINGIZ MUHIM!
2026-09-17 14:50:00 / Yangiliklar

2026-yil 21-sentabrdan 20-noyabrgacha «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusi o‘tkaziladi. Tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi F-68-son farmoyishi bilan ishga tushirilgan «Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Tashabbusning asosiy maqsadi — fuqarolar va tadbirkorlarning kundalik hayoti hamda faoliyatida uchrayotgan byurokratik to‘siqlar, ortiqcha talablar va murakkab ma’muriy jarayonlarni aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy takliflarni shakllantirish hamda jamoatchilikni ushbu jarayonga keng jalb etishdan iborat.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Agar davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish, davlat xizmatlaridan foydalanish, ruxsatnoma yoki boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida:
-
ortiqcha hujjat talab qilinishi;
-
bir xil ma’lumotni qayta-qayta taqdim etish;
-
murakkab va ortiqcha tartib-taomillar;
-
asossiz vaqt yo‘qotish;
-
boshqa byurokratik to‘siqlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz,
o‘z taklif va tashabbuslaringizni maxsus elektron platforma orqali yuborishingiz mumkin:
👉 «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» murojaat platformasi:
Taklif yuborish — murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
Fuqarolar va tadbirkorlarning har bir asosli taklifi davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha ma’muriy tartiblarni qisqartirish va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
O‘z taklifingizni bildiring — byurokratik to‘siqlarni birgalikda bartaraf etaylik!




