Korrupsiyaga qarshi profilaktika tadbirlari
2026-09-18 12:50:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Andijon viloyati hokimligi tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
Profilaktik tadbirlar davomida davlat xizmatchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat intizomiga rioya qilish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq me’yorlariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.
Shuningdek, xodimlarning korrupsiyaga qarshi qonunchilik bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida seminar, davra suhbati, uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlar, foto va boshqa axborot materiallari rasmiy veb-saytda muntazam yoritib boriladi.
Korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va halollik tamoyillarini mustahkamlash — davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
