HAR PAYSHANBA — “PROFILAKTIKA KUNI” KORRUPSIYA, TAMAGIRLIK VA MANSAB VAKOLATINI SUIISTE’MOL QILISHGA QARSHI — BIRGALIKDA KURASHAMIZ!
2026-09-20 09:00:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona organlari xodimlari faoliyatida korrupsiya, tamagirlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek, bojxona sohasida sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda.
Har haftaning payshanba kuni — “Profilaktika kuni” sifatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi madaniyatini oshirish hamda xizmat faoliyatida qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
KORRUPSIYAGA BEFARQ BO‘LMANG!
Bojxona organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiyaviy yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek, bojxona sohasiga oid jinoyatlar va huquqbuzarliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar “Ishonch telefonlari” orqali murojaat qilishlari mumkin.
“Ishonch telefonlari” doimiy aloqada.
Murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
