Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha Respublika bosqichi yakunlandi
2026-09-11 16:15:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlarida saralash bosqichlarida munosib natijalar qayd etib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar ishtirok etdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi birinchi, Samarqand viloyati jamoasi ikkinchi, Navoiy viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Andijon viloyati jamoasi gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi”ning Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda jamoalarga diplom, medal hamda kuboklar topshirildi.
Mazkur musobaqa yoshlar, xususan, qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.








