5-sentabr kuni Andijon viloyatida fuqarolar qabullari joylarda o‘tkaziladi
2026-09-04 10:25:00 / Majlislar

Andijon viloyati hokimligi tomonidan har haftaning shanba kuni fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabullari 5-sentabr kuni viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi mahallalarda joylarda o‘tkaziladi.
Qabullarni joylarda tashkil etishdan asosiy maqsad — aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishdir.
Qabul jarayonlarida viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari va mas’ul vakillari, shuningdek, shahar va tuman hokimlari ishtirok etadi.
Fuqarolar qabullar davomida o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlarini mas’ullarga yetkazishlari mumkin.
Mazkur amaliyot murojaatlarni joyida o‘rganish, muammolarga tezkor munosabat bildirish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
