Andijon viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-02 14:20:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish, davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbar va mutaxassislari, tuman va shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat xizmatchilari va fuqarolarning mas’uliyati haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan asosiy normalar, korrupsiyaga oid tushunchalar, vakolatli organlarning vazifalari va javobgarlik masalalari tushuntirildi.
Shuningdek, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

