Andijonga zamonaviy tezyurar poyezd kirib keldi
2026-08-31 12:10:00 / Yangiliklar

Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy tezyurar poyezd Andijonga kirib keldi. Ayni paytda poyezd harakati sinov tariqasida amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanishi hamda bir vaqtning o‘zida 415 nafar yo‘lovchini qabul qilishi mumkin. Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofani qariyb 4 soatda bosib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qatnovning yo‘lga qo‘yilishi Toshkent va Andijon o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash, yo‘lovchilar uchun qulay va tezkor xizmatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.



