Paxtabodda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi
2026-09-01 11:30:00 / Yangiliklar

Hududda ilgari ochiq holatda bo‘lgan drenaj tizimi zamonaviy talablar asosida yopiq drenaj tizimiga o‘tkazildi. Mazkur tizim ustida esa zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan iborat yangi majmua barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi majmuaning ishga tushirilishi natijasida mahalla hududi yanada obod va ko‘rkam qiyofaga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, aholiga kundalik hayotda zarur bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari bir joyda jamlanib, yurtdoshlarimiz uchun yaqin, qulay va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaydi.
Yangi majmuaning tantanali ochilish marosimida mahalla faollari, tadbirkorlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda hududda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholi turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Xususan, yangi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining faoliyati mahallada xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bunday ezgu tashabbuslar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, aholining kundalik ehtiyojlarini joyida ta’minlash, ularning vaqtini tejash va turmush sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Guliston-Pastqishloq mahallasida amalga oshirilgan mazkur loyiha inson qadri, xalq roziligi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mahalla hayotidagi amaliy ifodalaridan biridir.







