Andijonda yoshlar ishtirokida ekologik obodonlashtirish hashari o‘tkazildi
2026-08-09 17:20:00 / Yangiliklar

Unda yoshlar faol ishtirok etib, bog‘ hududini chiqindilardan tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda jamoat hududining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirdilar.
Hashar davomida bog‘ hududining tozaligi va obodonligini ta’minlash, mavjud yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda jamoat joylarini yanada ko‘rkamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yoshlarni ijtimoiy foydali tashabbuslarga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, hasharda yoshlarning faol ishtiroki ularda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va obodonlashtirish ishlariga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga qaratildi.
Bunday tashabbuslar yoshlarni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish, jamoat joylarini asrab-avaylash va ekologik madaniyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.








