Hududlarni rivojlantirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-13 09:15:00 / Matbuot anjumanlari va ochiq muloqotlar

Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati, belgilangan vazifalar ijrosi va mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Jumladan, mahallalarni obodonlashtirish va infratuzilma obyektlarini yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish, shuningdek, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar bartaraf etish hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Viloyat hokimi belgilangan topshiriqlarning ijrosi har bir rahbarning shaxsiy mas’uliyati ekanini ta’kidlab, vazifalarni qog‘ozda emas, amaliy natija bilan yakunlash zarurligini qayd etdi.
Mas’ul rahbarlarga muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ijro intizomini ta’minlash hamda belgilangan ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirildi.





