Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolari manzilli hal etilmoqda
2026-08-03 07:25:00 / Matbuot anjumanlari va ochiq muloqotlar

Andijon viloyatida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallabay ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Mahallalarda aholining ehtiyojlari, mavjud imkoniyatlari va muammolari o‘rganilib, har bir oila bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish, imtiyozli moliyaviy yordam va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonda mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va sektor rahbarlarining hamkorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tizimli yondashuv asosida olib borilayotgan ushbu ishlar aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
