Ochiqlik tamoyili asosida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-08-03 07:05:00 / Matbuot anjumanlari va ochiq muloqotlar

Andijon viloyati hokimligi tomonidan davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Axborot xizmatlari orqali amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qarorlar, hududlardagi yangilanishlar hamda aholi uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazib borilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tezkor o‘rganish va amaliy yechimlar topish bo‘yicha tizimli mexanizmlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ochiq muloqot, axborotdan erkin foydalanish va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish tamoyillari hudud boshqaruvida samaradorlikni oshirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
