Andijonda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-01 12:05:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida Farrux Omonov Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan o‘tkazilgan fuqarolar qabulida ishtirok etib, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni, ularning ijrosini ta’minlash va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Bobur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar va tuman vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir murojaatni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli ko‘rib chiqish, ijrosini to‘liq ta’minlash hamda aholi roziligiga erishish borasida davlat organlari va mutasaddi rahbarlarning mas’uliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z so‘zida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mas’uliyat, tezkorlik va natijadorlikni ta’minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Andijon viloyati bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlangan Sultonova Muqaddasxon Ne’matovna ishtirokchilarga tanishtirildi.






