Xo‘jaobod tumanida «FIGHT CARD / TOP SEVEN FIGHTERS 6» boks kechasi yuqori saviyada tashkil etildi
2026-07-31 10:00:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqada yurtimizning iqtidorli va tajribali bokschilari ringga chiqib, muxlislarga shiddatli, murosasiz va qiziqarli bahslarni namoyish etdi. Har bir jang sportchilarning yuksak mahorati, matonati hamda g‘alaba sari qat’iy intilishini yaqqol namoyon qildi.
Sport kechasi davomida ishtirokchilar g‘oliblik uchun astoydil kurash olib borib, boks muxlislariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Qizg‘in bahslar, kuchli raqobat va yuksak sport ruhiga boy o‘tgan mazkur musobaqa sport ixlosmandlari uchun haqiqiy sport bayramiga aylandi.
Bunday nufuzli musobaqalarning Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilishi hududda sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.






