Andijon — millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik diyori
2026-07-30 09:40:00 / Yangiliklar

Hozirgi kunda Andijon viloyatida beshta — rus, uyg‘ur, qirg‘iz, koreys hamda arman milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar o‘z milliy an’analari, tili va madaniyatini asrab-avaylash bilan birga, viloyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda yuksak samaradorlik ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, turli millat vakillari zich istiqomat qiladigan Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat tumanlari hamda Andijon va Xonabod shaharlarida bayram kayfiyati o‘zgacha. Hududlarda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Biz bir oila farzandimiz” shiorlari ostidagi madaniy tadbirlar va do‘stlik festivallari dillardagi mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlamoqda.
Millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning qadr-qimmati ulug‘lanadigan O‘zbekistonda tinchlik, totuvlik va hamjihatlik bardavom bo‘laveradi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar !









