Qo‘rg‘ontepada yoshlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar
2026-07-25 11:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ijtimoiy muammolarini hal etishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati bo‘yicha joyida amaliy yechimlar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.









