Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-07-25 09:15:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Joriy yildan bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash va kompleks qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Erta aralashuv» xizmati hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan, aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun oilaviy muhitga yaqin shakldagi besh turdagi yangi ijtimoiy xizmat joriy etildi.
Mazkur xizmatlarni davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati tumanlarda ijtimoiy xizmat maskanlarini tashkil etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan binolarning holati ko‘zdan kechirilib, ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berildi.




