"Fayzobod" mahallasida ichki yo‘llar bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda
2026-07-25 08:15:00 / Yangiliklar

Asaka tumanining "Fayzobod" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, mahalla hududidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholi tomonidan iliq qarshi olinmoqda.
Jumladan, A.Ashurov ko‘chasida joylashgan ichki yo‘llarning 2 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlarining kuz-qish mavsumi kirib kelishidan oldin amalga oshirilayotgani nafaqat transport harakati xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, balki aholining kundalik turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.





