Diqqat e'lon!
2026-07-20 13:30:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xorijiy investitsiyalar yo‘nalishidagi vakant lavozimlarga malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Xitoy, ingliz, rus yoki turk tillaridan kamida birini mukammal darajada bilishi (erkin muloqot qila olishi, xizmat hujjatlarini yuritish va tarjima qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi);
Xorijiy investorlar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, ular bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida doimiy amaliy ko‘mak ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lishi;
Kompyuterda erkin ishlay olishi, xususan, Microsoft Word, Excel, PowerPoint va boshqa ofis dasturlarini yaxshi bilishi.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
📞 +998 77 107 63 00
📞 +998 94 104 00 40
Malakali va tashabbuskor nomzodlarni hamkorlikka taklif etamiz!
