Andijonlik bokschilar Osiyo chempionatida yuksak natijalarga erishdi
2026-07-17 09:25:00 / Yangiliklar
Indoneziyaning Jakarta shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Andijon viloyati vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

Xususan, Muhammadrizo Ukimov 60 kilogramm vazn toifasida, Sobiraxon Shahobiddinova esa 80 kilogrammdan yuqori vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligi sharafiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, 55 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Faryozbek Do‘smatov musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Andijonlik yosh bokschilarning mazkur yutuqlari viloyatda sport sohasini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasi ekanini yana bir bor tasdiqladi. Shu bilan birga, ushbu natijalar sportchilarimizning xalqaro maydondagi yuksak mahorati, qat’iyati va munosib tayyorgarligining yorqin ifodasi bo‘ldi.






