Belarus Prezidenti bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-07-14 15:20:00 / Yangiliklar
«Yaqin do‘stlardek hamkorlikda ish olib boramiz», — dedi Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan istiqbolli investitsiya loyihalari hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
Muzokara va uchrashuvlardan so‘ng Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududdagi (ferma) chorvachilik xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan yondashuvlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
