Andijonda oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari boshlandi
2026-07-14 09:15:00 / Yangiliklar

Jumladan, Andijon viloyatida ham qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida o‘tkazilmoqda. Imtihonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun hududlarda barcha zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan.
Birinchi kunning birinchi smenasida jami 3 ming nafar abiturentning ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan 229 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
Qabul jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, belgilangan tartib va talablarga muvofiq davom etmoqda.
Eslatma: Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlari har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena esa 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi (https://telegram.me/uztdi/11092).
Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishi lozim. Ular birinchi smena uchun soat 07:30 gacha, ikkinchi smena uchun esa 14:30 gacha tekshiruvlardan o‘tib, belgilangan joylarini egallagan bo‘lishi kerak.







