Belarusda Andijon savdo uyi o‘z eshiklarini ochdi
2026-07-14 07:15:00 / Yangiliklar

Tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi rahbariyati va mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Yangi savdo uyi nafaqat savdo maydoni, balki zamonaviy shourum sifatida ham xizmat qiladi. Bu yerda Andijonda ishlab chiqarilayotgan sifatli tayyor kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari va boshqa eksportbop mahsulotlar namoyish etilib, mahalliy hamda xalqaro xaridorlarga taklif etiladi.
Mazkur loyiha Andijon mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o‘rnini yanada mustahkamlash, eksport hajmini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi savdo imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Andijon brendi endi Belarus bozorida ham yanada kengroq namoyon bo‘lib, ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.






