Andijon va Vitebsk 141 million dollarlik yo‘l xaritasini imzoladi
2026-07-13 18:10:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida ikki xudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududlararo aloqalarni mustahkamlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, yog‘ochni qayta ishlash kabi istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, quvvati 8 ming boshga mo‘ljallangan 9 ta chorvachilik loyihasini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Andijon viloyati va Vitebsk viloyati o‘rtasida umumiy qiymati 141 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 30 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
Mazkur hujjat ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



