Andijon va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
2026-07-13 13:05:00 / Yangiliklar

Safar doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda, oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni ham kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.
Erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari P.M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetida bo‘ldilar.
Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar mazkur hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.







