Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-04 18:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Bugun, 4 iyul kuni Bobur shahrida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hamda yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Qabul davomida uy-joy, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlarga oid qator murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonunchilik doirasida tegishli tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
Jami 56 nafar fuqaro tomonidan 63 ta masala ko‘rib chiqildi. Ularning 41 tasi (65 foizi) joyida hal etildi, 22 ta masala esa ijroga qaratildi.
Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.




