Andijonda to‘rt nafar egizak dunyoga keldi
2026-06-09 11:50:00 / Yangiliklar
Ayni paytda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ular shifokorlar nazoratida.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga keldi.
Andijon shahridagi «G‘ayrat» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Odinaxon Muhammadjonova shu yilning 2 iyunida ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilingan. Tug‘ruq jarayoni filialning malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlari tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
• Birinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 2415 gr, bo‘yi 44 sm;
• Ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 1730 gr, bo‘yi 37 sm;
• Uchinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 2405 gr, bo‘yi 44 sm;
• To‘rtinchi chaqaloq — qiz, vazni 1885 gr, bo‘yi 39 sm.





