Tayinlov
2026-06-08 09:45:00 / Yangiliklar

Ismoilov Elmurod Ro‘ziboyevich
Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Ismoilov Elmurod Ro‘ziboyevich 1987 yilda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.
