«Yoshlar kuni» munosabati bilan Andijon viloyatining barcha hududlarida rahbarlar va yoshlarning ochiq muloqotlari tashkil etildi
2026-07-03 09:40:00 / Yangiliklar
Andijon viloyatida «Yoshlar kuni» munosabati bilan shahar va tumanlar hokimlari, tashkilot rahbarlari hamda tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida ommaviy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod vakillarining murojaatlarini bevosita tinglash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Muloqotlar davomida yigit-qizlarni qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan tizimli muammolarni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilib, aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Ijrosi muayyan vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ularning hal etilishi nazoratga olindi.









