Viloyat hokimi startap loyihalari mualliflari va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi
2026-07-02 18:35:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning rejadagi uchrashuvlari kunning ikkinchi yarmida startapchilar, innovatsion ishlanmalar mualliflari va faol yoshlar bilan amaliy muloqot tarzida davom etdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan taqdim etilgan yangi g‘oyalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Viloyat rahbari har bir taklifni alohida ko‘rib chiqib, ularning iqtisodiy samadorligi va mahalliy bozordagi ehtiyojga mosligini baholadi. Muloqot davomida yoshlarning tashabbuslari davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishi va ularning faoliyatiga zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakuni bo‘yicha eng istiqbolli va real natija beradigan loyihalarni amaliyotga joriy etish, ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash hamda joylarda yer va bino ajratish masalalarini hal qilish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.









