Xonobod shahrining «Anhor» mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlandi
2026-06-29 11:20:00 / Yangiliklar

Xonobod shahrida «Anhor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarning bosh maqsadi mahallani zamonaviy va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar bandligini ta’minlashdan iborat.
Amalga oshirilayotgan rejali ishlar doirasida hududdagi ijtimoiy va kommunal muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.





