Xonobod shahrida zamonaviy «IT-shaharcha» faoliyat boshladi
2026-06-26 10:50:00 / Yangiliklar
Xonobod shahrining «Kampirovvot» mahallasida zamonaviy «IT-shaharcha»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yiliga 400 nafardan ziyod yoshlarni qamrab oluvchi mazkur majmuada 5–11-sinf o‘quvchilari uchun raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyati yaratildi.

Ushbu ta’lim maskanida kompyuter savodxonligi, dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika, grafik dizayn va ingliz tili yo‘nalishlarida bepul kurslar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida majmuada so‘nggi rusumdagi jihozlangan kutubxona, shaxmat to‘garagi hamda shinam kovorking zonalari ishga tushirildi.
Zamonaviy bilimlarni egallash ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, «IT-shaharcha»da tahsil olishlari mumkin.




