Andijonda «Andijon — Turk dunyosining madaniy poytaxti — 2026» xalqaro tadbiri tantanali yakunlandi
2026-06-24 21:50:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida qardosh mamlakatlardan tashrif buyurgan san’atkorlar hamda mahalliy ijodkorlar ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy raqslar va sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Turkiy xalqlarning boy madaniy merosi, umumiy qadriyatlari va asrlar davomida shakllangan ma’naviy aloqalari san’at orqali keng targ‘ib qilinib, ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Xalqaro madaniy tadbirning yopilish marosimi bayramona ruhda tashkil etildi. Konsert yakunida Andijon osmoni uzra namoyish etilgan rang-barang mushakbozlik festivalga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Musiqa sadolari ostida o‘tkazilgan ushbu yorqin mushakbozlik namoyishi tadbirning eng esda qolarli lahzalaridan biriga aylandi.
Mazkur xalqaro madaniy anjuman turkiy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, milliy san’at va madaniy merosni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qilgan muhim maydon sifatida e’tirof etildi.









