«Andijon polkasi» jahon rekordi: Ginnes vakili viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga rasmiy sertifikatni topshirdi
2026-06-24 10:50:00 / Yangiliklar

Mahobatli namoyish yakunida Ginnes rekordlari tashkilotining (Guinness World Records) maxsus vakili ushbu yirik madaniy aksiya barcha qat’iy xalqaro mezonlar va talablarga to‘liq javob berganini e’lon qildi. Tantanali vaziyatda jahon rekordini tasdiqlovchi rasmiy Ginnes sertifikati Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga topshirildi.
Viloyat rahbari ushbu yuksak e’tirof nafaqat andijonliklarning, balki butun o‘zbek xalqining boy nomoddiy madaniy merosiga berilgan xalqaro baho ekanini ta’kidladi. TURKSOY tashkiloti va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ko‘z o‘nggida kechgan ushbu tarixiy lahza o‘zbek milliy raqs maktabining dovrug‘ini jahon miqyosida yana bir bor yuqori cho‘qqiga olib chiqdi.









