Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
2026-06-22 14:30:00 / Yangiliklar
Aziz muxlislar!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlari Andijon viloyati bo‘ylab o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi.
Eng yirik tomosha maydoni «Bobur» stadioni hududida tashkil etiladi. Bu yerda 12 ming nafargacha muxlis milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘YINLAR NAMOYISH ETILADIGAN MANZILLAR
Andijon shahri
Bobur arena (24/7 ko‘cha)
Navro‘z Mall
Xonobod shahri
O‘zbegim savdo markazi, Alisher Navoiy istirohat bog‘i
Andijon tumani
Madaniyat va istirohat bog‘i
Asaka tumani
Xotira xiyoboni oldidagi maydon,
Madaniyat va istirohat bog‘i
Baliqchi tumani
ARA kafesi Yoshlar bekati
Bo‘ston tumani
Z.M. Bobur istirohat bog‘i
Buloqboshi tumani
Tuman hokimligi oldi. Tuman madaniyat bo‘limi
Jalaquduq tumani
Palma kafe
Izboskan tumani
Madaniyat va istirohat bog‘i
Oltinko‘l tumani
Oltin sohil xiyoboni
Marhamat tumani
Logistika o‘quv markazi
Paxtaobod tumani
Madaniyat va istirohat bog‘i
Ulug‘nor tumani
Tuman hokimligi oldi
Xo‘jaobod tumani
Oqqush dam olish maskani, Elvo kafe
Qo‘rg‘ontepa tumani
Madaniyat va istirohat bog‘i
Shahrixon tumani
Markaziy bayroq maydoni
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari
Portugaliya — O‘zbekiston
23 iyun | 22:00
DR Kongo — O‘zbekiston
28 iyun | 04:30
Har bir o‘yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov — g‘alabaga ishonchdir.
Barchangizni ushbu futbol bayramiga taklif etamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!
