15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-05-15 16:30:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbir avvalida mehmonlar va namunali oilalarni simfonik orkestr jamoasining dilbar kuy-qo‘shiqlari ko‘tarinki ruhda qarshi oldi.
Tadbirda so‘z olganlar, yig‘ilganlarni 15 may — Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida jamiyatda o‘zining ahilligi, oilaviy muhiti, farzand tarbiyasi va ibratli hayot tarzi bilan namuna bo‘lib kelayotgan oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda Andijon viloyati hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday e’tirof va e’tibor oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






