Andijonda yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha memorandumlar imzolandi
2026-05-15 16:25:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijonda faoliyat yuritish istagini bildirgan turkiyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Andijon viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi sanoat korxonalarini tashkil qilish, aholi bandligini ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida qator yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Xususan, loyiha qiymati 15 million dollar bo‘lgan un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodini qurish, 60 million dollarlik trikotaj, bo‘yoqxona va to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Andijon shahri va Yangi Andijon — Bobur shahri hududida ko‘p qavatli turar joy binolarini barpo etish, shokolad va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qiymati 3 million dollar bo‘lgan mebel fabrikasini tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Mazkur loyihalar hudud iqtisodiyoti rivojiga xizmat qilib, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi farovonligining oshishiga munosib hissa qo‘shadi.








