Yoshlar murojaatlari — e’tibor markazida
2026-05-14 16:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xo‘jaobod tumani yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy va erkin ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.
Viloyat rahbari har bir yosh bilan yakka tartibda suhbatlashib, ularning murojaat va fikrlarini diqqat bilan tingladi. Ayniqsa, ishga joylashish, imtiyozli bank kreditlari va subsidiyalar olish, dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratish masalalari asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Mavjud muammolarni tezkor hal etish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.








