Andijonda nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat chempionatiga start berildi
2026-05-13 17:15:00 / Yangiliklar

Andijonda nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat chempionatiga start berildi
“Universal” sport majmuasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati, Sport boshqarmasi, nogironlar jamiyati vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar ushbu chempionat nafaqat sport musobaqasi, balki inson qadr-qimmatini ulug‘lash, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ijtimoiy integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus ekanini ta’kidladilar.
Shuningdek, tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.





