Bobur shahrida “Men g‘olib” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi
2026-05-10 10:50:00 / Yangiliklar

Mazkur sport tadbirida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar faol ishtirok etdi. Marafon Vatanparvar bog‘i hududidan tantanali ravishda start oldi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar ishtirokchilarga omad va zafar tilab, bunday ommaviy sport musobaqalari yosh avlodni jismonan sog‘lom va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Marafon yakunida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.







