Bobur shahrida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-07 10:30:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Bobur shahrida yoshlar uchun muhim va unutilmas ochiq muloqot tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari hamda viloyatning turli hududlaridan kelgan 170 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini erkin bayon qildi. Xususan, bandlikni ta’minlash, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal etish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Uchrashuvda har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning orzu-intilishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini oshirish hamda yoshlar bilan davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









