Tadbirkorlar diqqatiga!
2026-05-05 06:30:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar diqqatiga!
2026 yil 8 may kuni Andijon viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari uchun Biznes-ombudsman devoni tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.
Mazkur sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishi holatlari, shuningdek, sohaga doir taklif va tashabbuslar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📍 Manzil: Andijon viloyati, Buloqboshiy tumani, Talabalar ko‘chasi, tuman hokimligi binosi majlislar zali
🗓 Sana: 2026 yil 8 may
🕚 Vaqti: soat 11:00
📞 Murojaat uchun telefon: 71 202 08 83
Tadbirkorlik faoliyatingiz davomida duch kelayotgan muammolar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishingiz so‘raladi.
