Andijon viloyatida nazorat tadbiri
2026-04-28 10:15:00 / Hodisa

Buloqboshi tumani Sarbontepa MFY hududida joylashgan “JFK-3” kichik GES faoliyati Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida obyektning texnik holati, xavfsizlik choralariga rioya etilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
